Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: KAYF QILAMAN DB BEMORNI TINCHIGA QOYMIDI JALAP
Hullas bu voqea fevral oyida boluvdi. !Toqima dsam iwonaslarku!. Wifoxonaga Jamwid yangi kelgan be...davomi
Библиотека | Boshqalar | MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...
<< 1 2
hayajon menga ham ko`chdi.

``Uylansam shu qizga uylanaman, u bilan baxtli bo`laman.``

Ko`nglimda, yoqimli tasvirlar jonlana boshladi. Setora bilan bo`layotgan to`yimiz manzarasi, hayajonli chimildiq, farzandlarimizni dunyoga kelishi, u bilan baxtli hayot kechirishim...

``Shoshma Akbar!``

Tasovurimda shakillangan, orzularimdagi ayol qiyofasida Setorani ko`rmaqdaman, uning ichki dunyosida esa umuman boshqa qiz bor, u Setoradan tubdan farq qiladi. A`qlim Setorani qabul qilmoqda, ammo qalbim emas, u yerda umuman boshqa qiz yashamoqda.

``Oooo Niyatxon, bunchayam bu qalbimni, bandi etgan bo`lmasang!``

Avvalgi muhabbatimdan qolgan asoratlar, Setoraga nisbatan paydo bo`lan uchqunlarni olovlanishiga sirayam yo`l bermayabdi.

Setoraga boshqatdan, boshqa tomondan nazar soldim, endi qarshimda umuman boshqa qiz namoyon bo`la boshladi.
Bir qarashda idyal qizdek ko`rinadi, ammo uning dunyosi bilan mening dunyoyim orasida ulkam farqni sezib olishim qiyin emas. Setora go`zallikni hashamat, ko`radi. Uning soch turmagi, pardaz andozi, qimmat atiri, upalaruiyu uncha buncha qizlarni qurbi yetmaydigon kiym boshlari!

``Shularning barchasi uchun, oyligini qanchasini sarf etar ekan?``

Shu orada, Setorani ko`chasiga kelib qolibmiz!

- Akbar aka, shu yerda to`xtab qo`ying iltimos?

Nihoyat Setoraning ham ovozi eshitildi.

- Ho`p!

Mashinani chetga olib to`xtatdim. Setora orqadagilar bilan hayrlashdi.

- Rahmat Akbar aka!
- Salomat bo`ling...

Mashina yurishi bilan, Zulayho opa kinoy qilib gap ochdi:

- Akbar qizbolaga, hushumad qilib, kuzatib qo`yishniyam bilmasizaaa?

Bu mavzuga shu yerda barham bermasam, ohir-oqibatda Setorani ko`ngli ozorlanadi.

- Hushomad, qilib kuzatib qo`ydim ham deylik! - bizga diqqat bilan quloq tutib turgan, Odinaxon To`ychiyevnaga qarab qo`ydim, - U qiz nima deb tushunadi?
- Vooy qiziqsizaaa Akbar! Biz shunga harakat qilmayabmizmi?
- Siz harakat qilyabsiz opa, men emas.
- Nimaga Akbar, Setora yaxshi qizku?

Negadur Odinaxon To`ychiyevna ham qattiqqo`l boshli g`ilofidan chiqib, oddiy ayol rejimiga o`tib qoldilar.

- Setora yaxshi qiz, ammo uni olami boshqa, meni boshqa. Bizdan Zulayho opam tasovur qilayotgan juftlik chiqmaydi. Qizbolaga hushomad qilish, uni boshini aylantirish, behuda umudvor qilish... Bu meni uslubim emas. Shunday ekan Zulayho opa iltimos boshqa bu mavzuga qaytmang, bekorga bir qizning ko`nglini sindirib qo`yasiz...
- Ho`p, Akbar...

Shu bilan Zulayho opani manziliga elitgunimizgacha ortiq menga savollar bo`lmadi. Ohirgi manzil Odinaxon To`ychiyevnaniki edi. Biroz yurgandik birdan tomoq qirib so`z ochdilar:

- Yoqtirganiz bormi?

Oynacha orqali ularga qaradim, samimiy oddiy ayol qiyofasidalar. Bu menga ancha dadillik berdi.

- Bor... edi, qachondir!
- Hozirchi? -dedilar qiziquvchanlik bilan.
- Yo`q, - yelka qisdim, - Topilib qolsa aytsam, o`ziz sovchi borasizmi?
- Jonim bilan boraman!

Ikkimizam kulib qo`ydik. Bugun xonim juda o`zgacha, mehribon ayol qiyofosida ko`rinardilar. Biroq bemavrud jiringlagan telefonlari muhitni o`zgartirib yubordi.



Davomi bor...

Muallif: -MAJ
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
<< 1 2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 2
На главную
KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовstatok.top