Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: )Adashgan aka-singillar(
Shaxar chetidagi eski ombor yonida ikki o'spirin sigaret chekkancha o'zaro suxbat qurardi. Birining...davomi
Библиотека | Boshqalar
1 2 >>

TELEFON 1 - Qism... (Tanlovga)

Добавил:-MAJNUN- (25.12.2018 / 13:15)
Рейтинг:rating 249501 article (3)
Прочтений:17107
Комментарии:14
screenTELEFON

(Birinchi qism.)

ASQAR:
- Yangi yil kelishiga bir hafta vaqt qolgandi. Havo sovuq lekin yangi yil shukuhi yuraklarni qizdirgan, hamma bayramona kayfiyatda. Og`aynilarim bilan o`tirgan edim. Sinfdoshim, yaqin og`aynilarim orasidagi yagona ayol do`stim Nargiza qo`ng`iroq qilib qoldi.

- Salom, o`rtog` bezovta qilmadimmi?
- Eeee Nargiza! Qandaysan o`zing? Pochcha, o`g`ilchang yaxshimi?
- Rahmat o`rtog`, hammamiz zo`r!
- Malades, doyim zo`r bo`luriylar Nargiza...
- Asqar bo`shmisan?
- Ha bo`shman! Tinchlikni biror yordamim kerakmi?
- Ha kerak. Bugun qizlar bilan, ishxonam kaliktiv bilan bir joyda o`tirgan edik. Harajat meyoridan oshib ketib, taksiga pulimiz qolmadi. Iltimos Asqar uyga tashlab qo`ygin mashinangda!
- Hozir boraman Nargiza, manzilni ayt?

Nargizadan manzilni oldimu, yanlariga oshiqdim. To`rtta ayol, Nargizani inobatga olmasak qolgan uchtasi 28, 32 yoshlar orasidagi ayollar. Lekin bayramga deb shunaqangi pardozlar qilishganki hudi 18, 20 yashar qizlardek gijinglab turishibdi. Gap so`zlariyu, o`zlarini tutishidan kayfiyatlari chog`ligidan bilish qiyinmas ozroq-ozroq olishgan!
Nargiza old, qolgan uchtasi orqa o`rindiqqa joylashdilar.

- Eee hudo... Namuncha kech qopding, kutovrib sovuq o`tib kettiyu! -dedi Nergiza mashinaga o`tirgani hamona, biroz kutib qolganidan nolib.
- Sirayam sovuqqotganga o`xshamisizlar! - mashina yurg`azar ekanman, orqadagi ayollarga ishora qildim, - Ichkaridan qizitadiganidan olibsizlar shekili aaa?
- Yo`qeee! -dedi, yolg`on gapirayotgani uchunan yuzimga qarayolmay.
- Aldama Nargiz. Ahmoqmasman hidi kelib turibdi! -dedim.
- Ozginchaa... -dedi, ahmoqona jilmayib, qo`lida o`lchov ko`rsatgancha.
- Ichgan, chekkan ayolni ko`rishga ko`zim yo`q qadirdonim... - do`stim bo`lgani unchunam jahlim chiqdi, dakki berishga jazim etdim, - Qodirjon akami yuvoshlini nazarga ilmay, istagan ishingni qilib boshiga chiqvolaman deb o`ylasang xato qilasan! Hech yo`q ayolligingni unutmagina do`stim? -dedim.

Nargiza ``Tushunddim!`` deganday birozgina bosh irg`ab qo`ydi. Uyalganidanni yoki sovqatganidan yuzlari qizarib, toki uyiga olib borgunimgacha churq etgan ovozini chiqarmadi.

Ayollardan biri domda turar ekan. Uni yo`l yoqasida, qolgan ikkisini mahallasi boshida qoldirdik. Nihoyat Nargizani eshigi oldiga keldik.

- Rahmat Asqar.

Nargiz hayrlashishga taraddutlanib qo`lini cho`zdi, biroq men unga qarashni ham gapirishni ham istamadim.

- Asqar!!!
- Tush bor uyinga kir... -dedim, salgina qo`pol ohongda.

Nargizani turmush o`rtog`i Qodirjon ajoyib inson, u kishini juda qattiq hurmat qilaman. Hozir Nargizni shunday ajoyib insonni yoniga ichib olgan holatda kirishini o`ylab, Nargizdan nihoyatda jahlim chiqardi.

- Kechir Asqar boshqa qaytarilmaydi o`rtog`...
- Kechirimni eringdan so`raysan! - menga uzatib turgan qo`llarini birozgina kuch bilan siqdim, - Yana bir qultum bo`lsaham ichadigan bo`lsang, qaytib ko`rishganimizda men bilan salomlashib o`tirma ho`mi?
- Ho`p, - homushgina boshini egdiyu, mashinadan tushdi, - Ko`risguncha o`rtog`. Yangi yillaring yaxshi kuvolgin!
- Bo`bti o`zing ham. Pochchani so`rab qo`y, jiyanni o`pib qo`y. Ho`p yaxshi kunlarda ko`rishguncha...

Nargizni tashlab yana og`aynilarim yoniga qaytayotgandim. Negadur mashinani tormizi yaxshi ushlamayotgani sezdim.

``Eeeh, ortiqcha chiqim. Kalotka yedirib kettibdi shekili!``

Rulni AvtoServes tomonga burdim. Usta; mashinani ertga olib ketishimni aytdi. Mashinadan xujjatlarni olib AvtoServesdan chiqayotganimdan ortimdan shogirt yigitcha chaqirdi.

- Hoy aka mashinangizda telefoniz qolib ketibdi! -dedi yigur kelib qo`limga MI rusumidagi telefonni tutqazib.

Telefonni ko`rdimu, meniki emasligini tushundim.

- Qayerdan olding?
- O`rindiq tagida yotgan ekan!
- Rahmat senga...

Telefonni olib yo`limda davom ettim.

``Bugun mashinamga kimlar chiqqan edi?!``

Ertalab qo`shni Mavzuda kenayi bilan o`g`ilchasini bohchaga oborib qo`ygandim. Undan so`ng o`rta yoshli ikki er-xotinlarni savdo yarmarkaga olib bordim. Peshindan keyin mashinamga faqat og`aynilarim o`tirgan. So`ng Nargiz va uchta ayol!

Telefon kimniki ekanligini bilish uchun tugmachasini bosdim. Grafik qulflagich paydo bo`ldi ekranda. Telefon ekraniga yontomondan soya tushirib qaradim. Ekran juzasida judayam ko`p, barmoq izidan qolgan dog`lar bor. Lekin yaxshilab qaralsa Grafik qulflagich yuzasida uzulmasdan chizilgan em yozui shaklini ko`rish mumkun!
Tezda qulflagich ustida ``M`` belgisini chizdim. Telefon blok holatidan chiqdi. Avval kantaklar va qo`ngiroqlar bo`limiga kirdim. Menimcha egasi, bu telefonga yaqindagina ega bo`lgan! Kantakda 4 tagina raqam yozilgan. Shulardan uchtasida ayollar ismi, bittasida esa katta harflar bilan ``UJ`` deb yozilgan. Asosan eng ko`p aloqada bo`lgan raqam ham aynan ``UJ`` edi. Telefonni egasiga qaytarish, uni kimligini bilish maqsadida ``UJ`` ga shu telefondan qo`ng`iroq qildim. Afsuski hizmat doyirasida emas ekan.
Kerak bo`lsa egasini o`zi qo`ng`iroq qilar degam o`yda telefonni kurtkamni ichki cho`ntagiga solib qo`ydim.

Qosh qorayib kech bo`ldi. Kechki ovqatdan so`ng oylam davrasida televizir ko`rib o`tirgan edim. Birdan kurtkamni cho`ntagidagi telefon jiringlay boshladi. Telefonni oldim, erkanda ``UJ`` yozuvi bor edi. Telefonni kotrib qulog`imga tutdim.

- Alooo jonim! - u tomondan bir yigitni ovozi keldi, javob qaytarishga shoshmadim. Telefonni mikrofoniga puflab shovqin hosil qildim, - Guli... Guli nima qvosannn eee, ovozing kelmayabdi? -dedi yigit.

``Ha demak telefon Guli ismli qizga tegishli ekan!``

- Allooo! -dedim.
- Kim bu? -dedi.
- Kim keragidi?
- Uzur adishibman! -dedida telefonni o`chirdi.

Qayta qo`ng`iroq qilishini bilganim uchunam, xonamga kirib oldim. O`ylab ko`radigan bo`lsam, telefon Nargiza bilan mashinaga o`tirgan ayollardan biriga tegishli. Telefon qilgan UJ ovozini tahlil qiladigan bo`lsam, yoshi 17, 19 lar atrofidagi bolaga o`xshaydi. Azbaroyi qiziqishim sabab ayolni telefoni titkilay boshladim. Tahmin qilganimdek oshiq yigitcha, ayolni ilintirishga urunib bir necha SMS lar yozga o`ldim kuydim manosida. Buni qarangki ayol ham monelik bildirgan!

Shu orada sal vaqt o`tib yana UJ dan qo`ng`iroq bo`ldi.

- Alooo! -dedim.
- Kimsan? -dedi, to`satdan senlab.

Men shunchaki surishtirib, telefonni o`z sohibasiga qaytarmoqchi edim. Lekin bu notanish so`takni senlab gapirishi nafsonyatimga tegdi.

- O`zing kimga qo`ng`iroq qilyabsan? -dedim telefon o`zimnikidek do`q ohangida.
- Bu no`merni bir tanishim ishlatardi!
- Tanishingni ismi Gulimi?

Yigit skunat saqlab jim bo`lib qoldi.

- Nega jim bo`lib qolding toybola? -dedim kamsitgandek.
- Momilangni to`g`irla!
- Isming nima qatta turasan yigit? -dedim yoshbolaga momula qilgandek.
- Nima ishing bor? -dedi unga qilayotgan momilamdan jahli chiqib.
- Meni ismim Asqar 95 yilman Qo`qondanman! Nega sen o`zini tanishtirmaysan yoki qizbolamisan?
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
 A Bekk778 [Off] (19.04.2020 / 01:57)
Zor lekn
M A Million [Off] (08.01.2019 / 22:17)
 ¤¤¤¤
E qoyil
C A Captain_96 [Off] (31.12.2018 / 13:04)
 Erouy.ru Ehtirosli romantik portal
Saytga monandmi hikoya?
Manimcha bu saytga tarbiyaviy ahamiyat kere emas tarbiya izlab kirishmeydi oqisalar ham bir tiyinga ilishmeydi ba'zilar.
B A Business-man [Off] (27.12.2018 / 12:50)
Gap yoʻq. Davomini tezlashtiring
 A DAS [Off] (26.12.2018 / 16:06)
 Tun eng yaxshi xamroxdir chunki unda soyalar yoq
Usta qaytiibsizda tabriklayman ijodga omad!
 A -MAJNUN- [Off] (26.12.2018 / 14:21)
 Qadirdonlar bormisiz!
Ruslan, bu zo`r... Lekin yozayotgan maqolamiz, anketadagi Kutubxonaga tushmaydigan bo`lgani chatoq bo`libdi!
Ruslan (26.12.2018 / 17:48)
Tog'rilaymiz buniyam
R A Ruslan [Off] (25.12.2018 / 18:49)
 Endi qaytmayman!!!
-MAJNUN-, Xa sizlar ijod qilishingiz uchun oquvchilar zerikmasligi uchun harakatda
 A -MAJNUN- [Off] (25.12.2018 / 16:20)
 Qadirdonlar bormisiz!
Ruslan, Saytdagi o`zgarishlar zo`r-ku! Ayniqsa hikoyga rasm qo`shni boblasilar...
 A -MAJNUN- [Off] (25.12.2018 / 15:37)
 Qadirdonlar bormisiz!
Sardorbek, Rahmat. Sizga ham omad do`stim. Davomini bugun kechqurin yozib tugatolsam, nasb qilsa ertaga qo`yaman.
 A -MAJNUN- [Off] (25.12.2018 / 15:36)
 Qadirdonlar bormisiz!
QIROL, Seryal bo`lib uzoq cho`zilmaydi, nari borsa 3 qism...
 A -MAJNUN- [Off] (25.12.2018 / 15:34)
 Qadirdonlar bormisiz!
Ruslan, bundan buyog`iga shu yerdamiz...
 A SaRDoR_UmRZoQoV [Off] (25.12.2018 / 15:32)
 Har bir yurakda og'riqli dard bor.
Do‘stim omad davomi qachon???
 A Q!ROL [Off] (25.12.2018 / 15:19)
 Hayot go'zal!!!
Yaxwi endi bowlanyabdi wekilli serial
R A Ruslan [Off] (25.12.2018 / 13:24)
 Endi qaytmayman!!!
Voo usta qaytdizmi omad
Всего: 14
На главную
adultop.ruKatStat.ru - Топ рейтинг сайтовstatok.top